Kenotron

Kenotron (Yun. kenos — bo’sh va elektron) — asosan, sanoat chastotali o’zgaruvchan tokni to’g’rilash (o’zgarmas tokka aylantirish) uchun mo’ljallangan elektr-vakuumli qurilma (diod, Lam- Pa). Past va yuqori voltli turlari bor. Past voltli K. anodidati yo’l qo’yiladigan teskari kuchlanish 2 kv gacha, to’g’ri tok kuchi bir necha amperta teng; yuqori voltli K.da teskari kuch- lanish 100 kv gacha, to’g’ri tok kuchi 500 ma gacha bo’ladi. Birinchisida cho’g’lanma katod, qoraytirilgan yoki xiralashtiril- gan anodlar (ko’pincha 2 ta), ikkinchisi- da oksidlangan katod va qoraytirilgan anod (bitta) bo’ladi. K.da cho’g’lama katod qizib elektronlar chiqargani tufayli u tokni faqat bir yo’nalishda o’tkazadi. Katodi cho’g’lanmaydigan K.da faollash- gan katoddagi avtoemissiya (elektronlar chiqarish) hisobiga tok o’tadi. K. radio- priyomniklar, kuchaytirish va o’lchash apparatlari, rentgen qurilmalari va asboblardagi to’g’rilagichlar (o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylan- tiruvchi qurilmalar) da qo’llaniladi. Yarimo’tkazgichlar texnikasi taraqqiy etishi munosabati b-n past voltli K. o’rniga yarimo’tkazgichli diodlar ishlati- la boshladi. Yuqori voltli K.lar hozir ham qo’llaniladi.