Kent

Kent (sug’dcha, uy, xonadon)-ilk va o’rta asrlarda Turonzaminda joy nomi. Sug’d yozuvi va arab geograflari asarlarida kat, kas, kand. “Devonu lug’otit turk”da kend, ken shaklida keltirilgan bo’lib, dastlab bir yoki bir necha oila yashaydigan, atrofi devor bilan o’ralgan hovlini anglatgan. Oila yoxud jamoa boshlig’i esa kadxudo (katxudo) deb atalgan. Keyinchalik Kent joy (qishloq, shahar) nomlarining tarkibiy qismiga aylangan.