Kent
Kent (sug’dcha — uy, xonadon) — ilk va o’rta asrlarda Turonzaminda joy nomi. Sug’d | yozuvi va Arab geograflari asarlarida kat, k a s , k a n D , «Devonu lug’otit turk»da kend, ken shaklida kel- tirilgan bo’lib, dastlab bir yoki bir necha oila yashaydigan, atrofi devor b-n o’ralgan hovlini ang-latgan. Oila yoxud jamoa boshlig’i esa kadxudo (katxudo) deb atalgan. Keyinchalik K. joy (qishloq, sha\ar) nomlarining tarkibiy qismiga aylangan. Sharqiy Turkiston va Eronda ham ba’zi joy nomlari tarkibida K. bi- rikmasi mavjud. Mahalliy hamda Arab tarixchi va geograflarining asarlarida, chunonchi Najmuddin an-Nasafiyning «Al-qand fiy zikri ulamoi Samarkand» [«Samarqand ulamolari xotirasiga doyr qand(dek shirin kitob)»] kitobida Axsi- kas, Shaljiykas, Kabuzanjakas, Yorkas, Banokas, Boykand, Siyrakas kabi ko’plab qishloq va shahar nomlari qayd etilgan. Ibn Havqalning «Masolik ul-mamolik» asarida esa 40 dan ortik, K. birikmasiga ega joy nomlari keltirilgan. Tarkibida K. so’zining yuqorida zikr etilgan turli shakllari mavjud qishloq va shaharlar hozir ham saqlanib qolgan. Mac, Tosh- kent, Piskent, Vobkent, Panjikent, chim- kent, Mankent, Yorkend. Ad.: Mahmud Koshg’ariy, Devonu lug’otit turk, 1-3-j., T., 1960-63; na- jmuddin an-Nasafiy, Al-qand fiy zi- kri ulamoi Samarqand, T., 2001.