Kent (Kent) Rokuell

Kent (Kent) Rokuell (1882.21.6, tar- rituan, Nyu-York — 1971.13.3, PLA-te- Berg) — amerikalik yozuvchi, rassom va jamoat arbobi. Yozuvchilik faoliyati 1920 y.dan boshlangan. «Yovvoyi o’lka» kitobi Alyoska sayohati kundaliklari asosida yuzaga kelgan. Olovli er o’lkasiga safa- ri natijasida «sayohat» (1924) kitobini yaratgan. «Yo’nalish № dy E» (1930), «sa- lamina» (1935) qissalarida Grenlandiya aholisining urf-odatlari va tabiati aks ettirilgan. Ularda eskimoslarning ma’naviy dunyosi va mashaqqatli hayot tarzi o’ziga xos quvnoq mutoyiba vosi- tasida tasvirlangan. «Mening nuqtai nazarim» (1940), «janoblar, bu men!» (1955) aerlari o’z tarjimai holiga asoslangan. K. realist rassom sifatida Amerika san’atining eng yaxshi an’ana- larini davom ettirgan, o’z kitoblariga ko’plab suratlar ishlagan. K.ning «Den- giz zahmatkashlari» (1907), «men shtati- dagi burun qish og’ushida» (1906), «Bahor iztiroblari» (1908), «qizim Klara» (1915), «Rassom Grenlandiyada» (1929) kabi polotnolari mashhur.