Kentukki

Kentukki – AQShning Jan. qismidagi shtat. Mayd. 104,6 ming km2. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001), yarmi- dan ko’prog’i shaharlarda yashaydi. Ma’- muriy markazi — Frankfort sh. Yi- rik shaharlari: Luisvill, Leksington. K.ning ko’p qismi Kamberlend platosida (bal. 200-450 m) joylashgan. Karst re- Lef shakli ko’p. Mashhur mamont g’ori ham o’sha erda. G’arbiy va shim.-g’arbiy qismlari tekislik. Ogayo, Kamber- Lend va b. daryolar kesib o’tadi. Iqlimi mo»tadil nam iqlim. Oylik o’rtacha t-ra yanv.da 0,4°, iyulda 24,4°. Yillik yog’in 1000-1250 mm. K. — industrial-agrar shtat. Kimyo (sintetik kauchuk, tola, plastmassa va b.), elektrotexnika (uy-ro’zg’or asbobla- ri) va umumiy mashinasozlik sanoati rivojlangan. Padyuka sh. AKShdagi atom sanoati markazlaridan biri. Oziq- ovqat (vino, jumladan, viski tayyor- lash) va tamaki sanoati korxonalari bor. Toshko’mir, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Q. x.da tamaki (hosili bo’yicha AKShda shim. Karolina shtati- dan keyin 2-urinda), makkajo’xori, em- xashak ekinlari, soya, bug’doy ekiladi. Go’sht-sut va go’sht chorvachiligi rivoj- langan. Ogayo daryosida kema qatnaydi.