Kepaki, kabakiy

Kepaki, kabakiy-chig’atoylardan Kepakxon ibn Duvaxon (1318-1327) chiqargan kumush tanga. Bir dinor Kepaki ikki mistol kumushga yoki olti dirhamga teng bo’lgan. Tarixiy manbalarning ma’lumotiga ko’ra, Kepaki dastlab Buxoro, Balx shaharlarida zarb etilgan. Temuriylar davrida (XV asr) ham pul muomalasida ko’p ishlatilgan. Kepakxongacha mo’g’ul davlatlarida pul birligi bolish hisoblangan.