Kepakxon ibn Duvaxon, Kabakxon, Kebekxon, Kebek

Kepakxon ibn Duvaxon, Kabakxon, Kebekxon, Kebek (? — 1326) — Chig’atoy ulusining xoni (1309 va 1318-26). Mamlakatni harbiy-ma’muriy tuman- larga bulib idora etish tartibini jo- riy qilgan. K. pul islohoti ham o’tkazib, muomaladagi har xil pullarning o’rniga Oltin O’rdaniki singari kumush tanga- larni zarb qildirgan. Ular kepaki deb yuritilgan. Nasafdan 2 farsax (12-14 km) narida saroy qurdirgan. Keyincha- lik bu saroy yonida shahar barpo etilib, Qarshi (mug’ulcha — saroy) deb atalgan. Poytaxt Nasafdan Qarshiga ko’chirilgan. Mirzo Ulug’bekning yozishicha, Chingizxon davridan buyon xarobaga, qamishzorga ay- langan Qubbatul-Islom-Balx yana qayta tiklangan. Ad.: Mirzo u l u g’be k, to’rt ulus tarixi, T., 1994.