KEPTIV SUG’URTA KOMPANIYASI

KEPTIV SUG’URTA KOMPANIYASI – ta’sischilarning manfaatlarini sug’urta himoyasiga oladigan yoki yirik konsern, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug’urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug’urta kompaniyalarining keptiv sug’urta kompaniyasi mavjud bo’Igan tarmoqqa kirishi murakkabroq hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan keptiv sug’urta kompaniyalariga “ALSKOM”, »Universal sug’urta” kompaniyalarini misol keltirish mumkin.