Keratit
Keratit (Yun. keras, keratos — mu- guz, itis — yallig’lanish) — ko’z muguz (shox) pardasining yallig’lanishi. Virus- lar (gerpetik K.), ba’zan boshqa mikro- organizmlar qo’zg’atadi. Muguz pardaga infektsiya kirishi, yot jismlar tushib shikastlanishi (tirnalish va h.k.), gripp, sil, difteriya kabi infektsion kasalli- klar, shuningdek, organizmda vitamin A etishmasligi ham K.ga sabab bo’lishi mumkin. Tashqi ta’sirotlar keltirib chiqaradigan (ekzogen) va umumiy kasal- liklar paydo qiladigan (endogen) K., shuningdek,, yuza (bunda muguz pardoning yuza qismida infiltrat vujudga kela- Di) va chuqur (bunda muguz parda ostidagi qavatlar ham kasallanadi) K. ajratila- Di. K.da bemor yoruqqa qaray olmaydi, ko’z qizaradi, yoshlanadi va sanchib og’riydi. K. jiddiy kasallik bo’lib, o’z vaqtida davolanmasa yoki noto’g’ri davolansa, ko’zga oq tushishi yoki boshqa og’ir asorat- lar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun K.ga xos alomatlar paydo bo’lishi hamon vrachga ko’rinish zarur.