KERATOZLAR
KERATOZLAR (Yun. keras — shox, muguz) — teri muguz (shox) qavatining qalinlashuvi b-n kechadigan kasalli – klarning umumiy nomi. Bunda teri yallig’lanmaydi. K.ga muguz qavatning ja- dal o’sishi yoki shu qavat hujayralarining bir-biriga qo’shilib, bitib ketishi sabab bo’ladi. Tug’ma, orttirilgan va konstitusion K. farq qilinadi. Tug’ma K. muguzlanish jarayonining tug’ma kamchiliklariga bog’liq (ixtioz, kera- todermiya). Orttirilgan K.umumiy va mahalliy kasalliklar (gipova avitami- noz), shuningdek, turli zaharlanishlar, nerv va endokrin sistema kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Konstitusion K. esa bolaga qisman ona qornida, qisman tug’ilgandan keyingi noxush omillar tu- fayli ro’y beradi.