Kerch yarim oroli
Kerch yarim oroli – Krim ya.o. ning Sharqiy qismi. Shim.da Azov den- gizi, Sharqda Kerch bo’g’ozi, Jan.da qora dengiz b-n o’ralgan. G’arbda eni 17 km li bo’yin b-n Qrim ya. o.ga tutashgan. Mayd. qariyb 3 ming km2. Shim.-Sharqiy qismi ohaktosh, gil va qumtoshlardan tuzilgan tepalik (bal. 190 m gacha). Balchiqli vul- kanlar ko’p. Jan.-g’arbiy qismi tekislik bo’lib, asosan, uchlamchi davr gillari- dan tarkib topgan. Kashtan tuproklar tarqalgan. Iqlimi quruk. dasht iqlimi. Yillik yog’in 500 mm. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -1,5°, iyulniki 23,5°. K.ya.o.da Kerch temir ruda havzasi joylashgan.