Kerenskiy Aleksandr Fyodorovich

Kerenskiy Aleksandr Fyodorovich (1881, Simbirsk — 1970, Nyu-York) — Rossiya davlati arbobi. Muvaqqat hukumat bosh vaziri (1917). Dastlabki tahsilni Toshkentda olgan. Peterburg unti yuridik f-tini tugatgan (1904). K. b-n Turkistondagi taraqqiyparvarlar Mustafo Cho’qay, Ahmad Zakiy Validiy, Hamza o’rtasida aloqalar bo’lgan. Biroq K. Turkiston mustaqilligiga qarshi edi. 1917 y. 25 okt. (7 noyab.)da V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar tomoni- dan qurol kuchi b-n muvaqqat hukumat ag’darib tashlangach, K. Petrograddan chiqib ketdi. General P.N.Krasnov b-n birgalikda bolsheviklarga qarshi isyon ko’tardi. 1 (14) noyab.da qizil askarlar isyonni bostirdi. K. yashirin ravishda mamlakatdan chiqib ketdi. 1918 y.dan Frantsiyada, 1940 y.dan umrining oxiri- gacha AQShda muhojirlikda yashadi. Pa- rijda tuzilgan «partiyadan tashqari de- mokratik jamiyat»ning tashkilotchilari- dan biri (1920 y. iyul — 1922 y. apr.). Bu jamiyat Rossiyadagi sovet rejimiga qarshi kurashdi. Muhojirlikda xotira- lar, tarixiy asarlar («Kornilov ishi», «Gatchina», «yiroqsan» va b.) yozdi.