Keretaro
Keretaro — Meksikaning Mar- kaziy qismidagi shahar, Keretaro shta- tining ma’muriy markazi. Meksika tog’ligining hosildor vodiysida, 1850 m balandlikda joylashgan. Aholisi 385 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tugu- ni. T. y. stantsiyasi. Q.x. (donli ekinlar, dukkaklilar) rayoni markazi. Un tor- tish, ip gazlama, ko’n-teri korxonalari bor. K. yaqinida polimetall ruda va opal konlari topilgan. Turizm markazi. 17— 18-a.larda qurilgan cherkovlar, saroylar saqlangan. Un-t (1765), muzey bor. K. — qad. indeyslar shahri. 1531 y.da ispan konkistadorlari tomonidan eg’allangan. 1810 y.da shahar ispanlarga qarshi qo’zg’olon markazlaridan bo’lgan.