Keretaro

Keretaro — Meksika markazida- gi shtat, Meksika tog’ligining Jan.da. Mayd. 11,7 ming km2. Aholisi 1,4 mln. kishi (2000). Ma’muriy markazi — Ke- retaro sh. Er yuzasining aksari qismi 1000-3000 m balandlikdagi baland tog tekisliklaridan iborat. Oylik o’rtacha yog’in 800 mm gacha. O’simliklari butazor va past bo’yli o’tlardan iborat. Ko’p asrlar davomida erni haydash va o’rmonlarning kesilishi sababli katta maydonlar kuch- li eroziyaga uchragan. Hududining ½ qismini yaylovlar tashkil etadi. Ispan- lar istilosiga qadar K.da dehqonchilik rivojlangan. Polimetall ruda konlari bor. K. — Meksikaning nisbatan qoloq shtatlaridan. Lerma daryosi havzasidagi katta maydonlarda sug’orma dehqonchilik qilinadi: donli ekinlar, sabzavot, meva, sorgo etishtiriladi. Tog’li r-nlarda chorvachilik b-n shug’ullaniladi. Oziq- ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. K. hududidan mamlakatning shim. Va Markaziy shtatlarini bog’lovchi muhim t.y. va shosse yo’llari o’tgan. Mustamla- kachilik davriga oid me’moriy yodgorli- klar saqlangan. Turizm rivojlangan.