Kergelen
Kergelen — Hind okeani Jan. dagi vulkaniq orollar arxipelagi, An- tarktikada. Frantsiya mulki. Bitta yirik Kergelen va 300 ga yaqin mayda orollar- dan iborat. Mayd. 7 ming km2. Bal. 1965 m gacha. Iqlimi subantarktika sovuq iqlim, yillik yog’in 1000 mm. Kuchli sha- mol esib turadi. Siyrak o’t o’simliklari o’sadi. Kergelen o.ning Markaziy qismi muzlik b-n qoplangan (mayd. 500 km2). Doimiy aholisi yo’q. Frantsiyaning Port-o-Franse geofizika st-yasi 1950 y.dan ishlab turibdi. Orol 1772 y.da uni kashf etgan frantsuz dengizchi-sayyohi I. Kergelen de Tremarek nomi b-n atalgan.