KERKINITIDA

KERKINITIDA — antik shahar (mil. AV. 6-a. oxiri — 5-a. — mil. AV. 2-a.). Yunonlar tomonidan hoz. Evpato- riya o’rnida qurilgan. Xersones Aristo- kratik Respublikasi tarkibida bo’lgan. G’alladon savdosida muhim rol o’ynagan (4-2-a.). Mil. AV. 4-a.ning 2-yarmi — 3-a. da o’z tangalarini zarb qilgan. Yunon- skif urushlari (mil.AV. 2-a.) natijasida vayron bo’lgan. Mil. 1 — 2.a.larda kichik savdo-dehqonchilik manzilgohi. Elli- nistik davrga mansub mudofaa devor- lari va turar joy daxalari qoldiqlari saqlangan.