KERKPATRIK

KERKPATRIK — Antarktidadagi tog’. Transantarktida tog’larining eng baland cho’qqisi. Balandligi 4530 metr. Kuin-Aleksandr tizmasida, Birdmor muzligidan g’arbroqda joylashgan. Britaniya Antarktida ekspedisiyasi tomonidan 1908 yilda kashf qilingan va nomlangan.