Kerllar

Kerllar (qadimgi inglizcha ceorl-ayni ma’nosi odam)-ilk o’rta asrlarda Angliyada erkin jamoa a’zolari. Kerllarlarning shaxsiy huquqlarga egaligi va ozodligi ancha katta vergelddan ham ko’rinadi. Masalan, Uesseksda mazkur mazkur miqdor 200 kumuhs shilling, Kentda 100 oltin shillingga teng edi. Kerllarlar xo’jaligining asosini gayda (Kentda suling) deb nomlangan cher yer tashkil qilgan. Kerllarlarda gaydani meros qoldirish huquqi mavjud edi. Uning miqdori 40-200 akr oralig’ida bo’lib, oila a’zolari tomonidan ishlangan. Bundan tashqari, Kerllarlar jamoa tasarrufidagi o’rmon va yaylovlardan ulushga ega edilar. Kerllarlar davlatga qator majburiyatlarni o’tagan, ular orasida eng og’iri mahsulot solig’i (feorm) sanalgan. Qolarvesa, Kerllarlarning yana uchta majburiyati bo’lgan: a) xalq lashkari-firdda shaxsan qatnashish; b) ko’priklarni qurish va sozlash ishlarida ishtirok etish; v) qirol saroyi-burglar qurish va ularni sozlashda qatnashish. IX-XI asrlarda Kerllarlarning asosiy qismi qaram dehqonlarga, yetakchilari esa mayda feodallarga aylangan.