Kermon

Kermon — Eronning Jan.- sharqidagi shahar. Kermon ostonining ma’muriy markazi, 1900 m balandlikda. Aholisi 385 ming kishi (1997). Savdo- transport markazi. Hunarmandchilik ri- vojlangan. Gilam, shol ro’mol to’qiladi, misdan badiiy buyumlar va ro’zg’or idishlari yasaladi, paxtadan kalava ip tayyorlanadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, qurilish materiallari korxonalari, un-t bor. Xna ishlab chiqarish markaz- laridan. Shoh masjid (11 — 12-a. lar) va b. 14-a.ga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. K. yaqinidan toshko’mir, xrom va temir rudalari qazib olinadi.