Kerr effekti
Kerr effekti — bir jinsli elektr maydoniga joylashtirilgan op- tik izotrop moddalar (mas, gaz, suyuqlik, shisha) da yorug’likning ikkilamchi sinish hodisasi. 1875 y.da shotland fizigi J. Kerr (1824 — 1907) ochgan. K. e. natija- sida elektr maydoniga joylashtirilgan gaz yoki suyuqlik bir o’kli kristall xos- sasiga ega bo’lib qoladi; uning optik o’qi maydon bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Chiziqli qutblangan yorug’lik dastasi elektr may- doniga joylashtirilgan shaffof dielek- trikdan o’tgandagi elliptik qutblanish elektrooptik K. e., chiziqli qutblangan yorug’lik dastasining magnitlangan Fer- romagnit jismdan qaytgandagi elliptic qutblanish m a g -nitooptik K. e. deb ata- ladi (q. Magnshpooptik effekt, elektro- optik effekt).