Kesar kesishi

Kesar kesishi (lot. sectio — yorish, ochish; caedo — kesaman) — XI- rurgik operasiya; akusherlik amaliyotida qorinning oldingi devorini va bachadon- ni kesib (ba’zan qin tomondan kesiladi — bu qinni K. k. deyiladi), homila va yo’ldoshni olish. Tabiiy tug’ruq yo’llari orqali bola tug’ilishi mumkin bo’lmagan hollar (mas, ayol chanog’ining torligi yoki bachadonning yorilish xavfi tug’ilishi va b.)da, shuningdek, tug’ayotgan ayol jid- diy kasal bo’lganda (mas, yurak porokla- rida) qilinadi. Hoz. K. k. bachadonning pastki segmentini kesib ochish yo’li b-n bajariladi. Buning uchun qorin devori- ni qavatma-qavat kesib, bachadongacha bo- riladi; uni ham qovuqsan yuqori qismi ko’ndalang kesiladi va dastlab homila, keyin yo’ldosh chiqarib oli-nadi. Shundan so’ng bachadon devori, keyin qorin devoir qavatma-qavat tikiladi. Bir marta K. k. qilingan ayolda bachadon chandig’i yuzaga kelishi sababli keyingi homiladorlik va tug’ish vrach ko’rsatmasiga qat’iy amal qilgan holda bo’lishi lozim.