Kesson
Kesson (Frans. caisson — yashik) — O (qurilishda) — suv ostida yoki sersuv gruntda suvdan xoli ish joyi (kamera) hosil qilishga imkon beradigan to’suvchi qurilma; bunda suv qisilgan havo yor- damida qisib chiqariladi. K. yuqorida qurilib, keyin suv ostiga o’z og’irligi b-n tushiriladi. Tuproq qazilgan sari K. pastroq tushaveradi. Gidrotexnika in- shootlari, ko’priklar, tunnellar, chuqur poydevorlar va b. qurishda qo’llaniladi; 2) ( m e ‘ m o r l i k D a ) — to’rtburchak (ba’zan ko’pburchak) li ichki gumbaz va ravoq osti yoki shiftning chuqur joyi. K. gumbaz shiftga asos qilib olina- Di va bezak vazifasini bajaradi, shu- ningdek, xona akustikasini yaxshilash- da muhim rol o’ynaydi; 3) (kemalarni ta’mirlashda) — kemaning suv ostidagi qismini ko’zdan kechirish yoki ta’mirlash uchun vaqtinchalik suvdan quritadigan qurilma. Kemaning quritiladigan joyi shakliga mos keladigan qilib metall yoki yog’ochdan ishlanadi. K. ichidan suv so’rib olingandan so’ng u atrofdagi suvning bosimi ta’sirida kema korpusiga zich yopishadi. K. kemani doklarga kiritish- dan xoli qilish imkonini beradi; 4) (aviasiyada) — samolyot kanotiga ta’sir etuvchi va burovchi kuchlarni o’ziga qabul qiladigan ichi havoli qutichasimon lon- Jeron; 5) (metallurgi ya D a) — ichida so- vituvchi suv tsirkulyasiyalanadigan po’lat quticha. Shaxta pechlarining devorlari ana shu K.lardan terib xreil qilinadi. Bulardan tashkari, K.dan Marten pech- larining gaz kanallarini sovitishda ham foydalaniladi; 6) (quymachilikda) — quyma qoliplari devorlarini mustahkamlash va o’nga sizot suvlari si- zib o’tishining oldini olish uchun ishla- tiladigan g’isht yoki betondan ishlangan qurilma (yashik). Chuqur o’ralarda quyma qoliplar tayyorlashda foydalaniladi.