Ketmontov

Ketmontov — Tyanshandagi tog’ tizmasi. G’arbiy qismi Qirg’iziston Respublikasi, Sharqiy qismi Xitoy hududida. Uzunligi 300 kilometr, balandligi 3638 metrgacha (Osmontog’). Granit, ohaktosh va porfirdan tarkib topgan. Tog’ tepalari yassi, shimoliy yon bag’ri keng, Janubiy yon bag’ri qisqa va tik. Tog’ etaklari va Janubiy yon bag’ri dasht o’simliklari, shimoliy yon bag’ri esa Tyanshan qoraqarag’ay o’rmonlari va o’tloqlari bilan band.