KHAROSHTHI

KHAROSHTHI — qadimgi hind yozuvlaridan biri (miloddan avvalgi 5-asr — milodiy 5-asr); Baqtriya, hind-Baqtriya, igim-g’arbiy hind, Kobul yozuvi deb ham nomlanadi. Kharoshthida bitilgan eng qadimgi yodgorlik — qoyaga o’yib yozilgan Ashoka farmoyishi miloddan avvalgi 251-yilga mansub bo’lib, 1836 yilda Shahbozgarhi (Pokiston)dan tonilgan. Keyingi davrlarga mansub yodgorliklar, qo’lyozmalar Hindistonning shimoliy-g’arbi, Pokiston shimolidan va ularga qo’shni hududlar (Afg’oniston, Sintszyan, O’rta Osiyo)dan topilgan. Kharoshthi — bo’g’inli (sillabik) yozuv, asosiy belgilari undogilarni ifodalaydi, ulardan keyigg keladigan unlilar («a» dan tashqari) esa asosiy belgilargging osti yoki ustiga qo’yiladigan qo’shimcha belgilar bilan ifodalanadi. Kharoshthi o’ngdan chapga qarab, keyingi davr yodgorliklarida esa chapdan o’ngga qarab O’qilgan. Kharoshthi oromiy yozuvidan kelib chiqqan va unga qadimgi hind yozuvi brahmi kagga ta’sir ko’rsatgan.