Kiaksar
Kiaksar (Yun. Kyaxares, eroniy- cha — Uvaxshatra) — shim. Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil.AV. 625/624 — 585/584). K. davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylan- gan. Skiflarning Old Osiyo shim.dagi hukmronligiga barham bergan. Bobil b-n Ittifoqsa Ossuriya davlatini yo’q qilgan (616-605); mani, Urartu erla- rini va kichik Osiyo Sharqiy qismini (590 — 585) Midiya hududiga qo’shib ol- gan. Lidiya b-n urush olib borib, mil. AV. 585 y. sulh shartnomasi tuzgan. O’nga ko’ra, Midiyaning g’arbiy chegarasi Galis daryosi (hoz. Qizil irmoq) bo’ylab belgi- langan.