KICHIK KAVKAZ

KICHIK KAVKAZ — Zakavkazedagi tog’ sistemasi. Old Osiyo tog’ligining o’rta qismini shimoliy, shimoli-sharqdan o’rab turadi. Kichik Kavkazga mesxeti, Trialeti, somxet, Bazumi, Tambak, Murgo’z, Shoxdog’, Murovdog’va Qorabog’tizmalari va ular orasidagi vodiylar kiradi. Surami tizmasi Kichik Kavkazni katta Kavkaz bilan tutashtiradi. Kichik Kavkaz g’arbda Kolxida pasttekisligi bilan Sharqda ko’ra-Araqs pasttekisligi orasida. Mezozoy va uchlamchi davr cho’kindi vulkanik va intro’ziv jinslardan tashkil topgan. Uzunligi 600 kilometr. Balandligi 3724 metrgacha (gamish tog’i)..