Kiklad orollari
Kiklad orollari – Egey den- gizining Jan. qismidagi arxipelag. 211 oroldan iborat. Eng yiriklari: Naksos, Andros, Tinos, Paros, Milos. Gresiya tarkibida. Umumiy mayd. 2,6 ming km2. Relefi tog’li, eng baland joyi 1008 m (Naksos o.da). Orollar materik kelib chiqishiga ega. Asosan, kristall jinslar va ohaktoshlardan tuzilgan. Tez-tez zil- zila bo’lib turadi, harakatdagi vulkan- lar bor. Iqlimi subtropik o’rta dengiz iqlimi, qishi iliq va sernam, yozi quruq va issiq. Yillik yog’in 500 mm. Tog’yon bag’irlari butalar b-n qoplangan. Vo- diylarda tokzorlar, tsitrus o’simliklar plantasiyalari va zaytunzorlar bor. Bug’doy va makkajo’xori ekiladi. Chorva- chilik rivojlangan, baliq ovlanadi. Te- Mir rudasi, boksit, marmar, Naksos o.da yirik Qayroqqum konlari bor.