Kikoin Isaak Konstantinovich
Kikoin Isaak Konstantinovich [1908.15(28).3, Jagare sh., hoz. Litva — 1984] — rus fizigi, akad. (1953). 2 Mar- ta mehnat qahramoni (1951, 1978). Le- ningrad politexnika in-tini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, atom fizikasi va texnika- siga oid. Kikoin — Noskov effektini kashf etgan (1933). Suyuq metallarda Xoll effektini birinchi bo’lib o’lchagan. Metallar va yarimo’tkazgichlarning elektr va magnit xossalarini tajriba- da o’rgangan. Yuqori zichlikdagi simob bug’ining tok o’tkazuvchanligi metallar o’tkazuvchanligiga o’xshash bo’lishini aniqlagan. U I. V. Kurchatov b-n hamkorlikda atom energetikasining ri- vojlanishiga katta hissa qo’shgan.