KIKOIN – NOSKOV EFFEKTI, fotomagnit-elektr effekt
KIKOIN – NOSKOV EFFEKTI, fotomagnit-elektr effekt — magnit maydoni N ga joylashtiril- gan yarimo’tkazgich yoritilganda elektr maydoni hosil bo’lishi hodisasi. Bu elektr maydoni magnit maydoniga, yarimo’tkazgichning eritilgan sirtidan yoritilmagan sirtiga diffuziyalanayotgan zaryad tashuvchilar (elektronlar va Kova- klar) oqimiga perpendikulyar bo’ladi. K — N. e. asosiy bo’lmagan tok tashuv- chilarning o’ta bir jinsli bo’lmagan kontsentrasiyasida kuzatiladi (bunday holat yorug’lik kuchli yutilganda vujudga keladi). Bu effektni 1933 y.da Kikoin I.K. va Noskov M.M. hamkorlikda kashf qilgan. Bu hodisa fotomagnitoelektr effekt ham deyiladi.