Kilikiya
Kilikiya — kichik Osiyo (hoz. Markaziy Turkiyaning Jan.)dagi qad. VI- loyat. K. nomi dastlab ossuriy yozuvlari- da uchraydi. Mil.AV. 2-ming yilliklarda K. Xett podsholigi tarkibida edi. Mil. AV. 12-6-a.larda K. hududida bir nechta mustaqil davlatlar bo’lgan. Mil.AV. 6-a. da K. Ahomaniylar davlati tarkibiga kirgan. Mil.AV. 333 y.da uni Aleksandr bosib olgan. 297-190 y.larda K. Sa- lavkiylar hukmronligi ostiga o’tgan. Mil.AV. 103 y.da Rim imperiyasi tomo- nidan istilo qilingan. O’rta asrlarda K. Vizantiya, arablar va Saljuqiylar o’rtasidagi kurash nishoni bo’lgan. 1080-1375 y.larda Kilikiya arman pod- sholigi tarkibida. 1515 y.da K. Usmonli turklar tomonidan bosib olingan.