Kilimanjaro
Kilimanjaro (suaxili tilida -sovuqlik xudosi tog’i) — Sharqiy Afri- kadagi vulkan tog’i, Tanzaniya hududida. Bal. 5895 m (Afrika materigidagi eng baland cho’qqi). O’zaro qo’shilib ketgan 3 ta so’ngan vulkan [Kibo (5895 m), Maven- zi (5355 m) va shira (4006 m)]dan iborat. K., asosan, traxibazalt va fonolitlar- dan tuzilgan. Jan. va Jan.-g’arbiy yon bagirlariga yiliga 1000-3000 mm yog’in yog’adi. Shu qismida 1000 m balandlik- kacha savannalar, 1800 m gacha tog’gileya o’rmonlari bor. 4200 m gacha tog’tropik o’simliklari, 4800 m gacha kserofit bo- shoklilar o’sadi. Undan yuqorida LAVA da- lalari, cho’qqilarida doimiy qor va muz- liklar bor. G’arbiy yon bag’rida muzlik 4300 m balandlikkacha tushgan.