Kilkalar

Kilkalar — sel’dsimonlar oilasiga mansub mayda baliqlarning bir urug’i. Qorni ikki yon tomon- dan siqilgan. Korin tomoni bo’ylab halqumdan anal teshigigacha 24-31 ta pixeimon yirik tangachalardan iborat pushtachasi (Kili) joylashgan (nomi shun- dan olingan). Tanasining uz. 4 sm dan 14— 15 sm gacha. Qora, Kaspiy va Azov dengizlari hamda shu dengiz havzalariga qarashli suvlarda tarqalgan. Og’zi tumshug’ining yuqori tomonida joylash- gan, tishsiz. Sho’rlangan va chuchuk suv- larda yashaydi. Plankton organizmlar – suv o’tlari, qisqichbaqasimonlar va b. b-n oziqlanadi. 4 turi (oddiy Kaspiy, Abraus, anchous, katta ko’z K.) mavjud. K. yirtqich baliqlar, asosan, sudaklarning asosiy ozig’i. Ko’plab ovlanganidan soni keskin kamayib ketgan.