Kim birinchi bo’lib yog ‘olgan?
Yog’ — odamzotga ma’lum va u eng ko’p ishlatadigan eng qadimiy mahsulotlardan biridir. Shu narsa bag’oyat maroqliki, qadim zamonlarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida yog’dan foydalanishmasdi! Hindlar yog’dan diniy marosimlarda qurbonlik sifatida foydalanishgan. Yunonlar va rimliklar ham yog’ni yeyishmasdi, balki teri kasalliklarini davolash uchun dori sifatida ishlatishardi. Ular kuydirilgan yog’ning qorakuyasi ko’zga foydali ekanligiga ishonishardi. Rimliklar yog’dan teri va soch uchun malham sifatida foydalanishgan. Ispaniyada bundan 300 yil muqaddam yog’ni faqat dorixonalarda sotishardi. Qadim zamonlarda faqat kamdan-kam odamlargina yog’ yegan, ammo uni ovqatga toza holatda ishlatishmasdi. Uni tagiga o’t qalangan holatda saqlashar, va hattoki, yuz yil saqlangan yog’ni alohida qiymatdor bilguvchi kishilar ham bo’lgan. Ro’zg’or yog’ini tayyorlash Skandinaviyadan Yevropaga kelib qolgan bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Bugun esa yog’o’ta zarur masalliq. U juda yuqori kaloriyali masalliq bo’lib, organizmda tez hazm bo’ladi. U xuddi shuningdek yog’ni oshqozonda uzoq qolishiga va tanaga quvvat baxsh etishiga imkon beradigan muhim xususiyatga egadir. Yog’ ishlab chiqarish sigir sog’ilishidan boshlanadi. Gernsiy va Djersiy zotli sigirlarning sutida yog’ ko’p bo’lganligi tufayli bu zotlarni «govmish» deb ataydilar. Sut sog’ib olinganidan so’ng uning qaymog’ini terib oladilar. Shundan keyin qaymoqni u ivishi uchun xona harorati sharoitida qoldirishadi. Bu tadbir unga muayyan ta’m beradi va yog’ ajratish jarayonini osonlashtiradi. Hamma bakteriyalarni o’ldirish va yog’ning saqlanish muddatini oshirish uchun qaymoqni pasterizasiyalaydilar. Yog’ sut moyini zardobdan ajratib olish uchun yog’ ajratish mashinalarida haydaladi. Zardobda umuman moylar bo’lmaydi. Shundan so’ng yog’ga suv qo’shiladi va aralashma yana bir marta yog’ ajratish mashinasida yog’dan keraksiz tarkibotlarni haydab chiqarish uchun aylantiriladi. Shundan keyin suv ajratiladi — yog’ tayyor bo’ladi. Uni yumshoq va ta’miga ko’ra va rangiga ko’ra bir xilda bo’lishi uchun katta-katta valiklar orasidan o’tkazishadi. Oxirida yog’ni qadoqlash va do’konlarga jo’natish amalga oshiriladi.