Nega Shveytsariya pishlog’i teshikchali?

Pishloqlarning har xil turlari bizga yoqadi, chunki ular turlicha ta’mlarga ega bo’ladi. Pishloq uni pishirayotganda, yetilayotgan paytida ta’m kasb etadi. Pishloqning yetilishi maxsus omborlarda harorat va namlikka rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat sharoitida sodir bo’ladi. Yetilish pallasida pishloqning ichida yoki ustida mahsulotning ta’mi va hidi hosil bo’lishi uchun zararsiz bakteriyalar, zamburug’lar, mog’orlar rivojlantiriladi. Masalan, Chedder pishlog’iga o’ziga xos ta’m berish uchun unda ko’plab turli mikroorganizmlar rivojlanishi kerak. Bakteriyalar va zamburug’larning boshqa turlari limburger va liderkrans pishloqlariga alohida ta’m baxsh etadi. Shveytsariya pishlog’ini ishlab chiqarish uchun ham bakteriyalarning maxsus turlaridan foydalaniladi. Ular propion bakteriyalari deb ataladi va Shveytsariya pishlog’iga mayin, yumshoq ta’m beradi. Bu bakteriyalarning ta’siri xuddi shuningdek ushbu pishloqning g’alati ko’rinishini ham belgilab beradi. U yetilayotgan pallada bakteriyalar gaz ishlab chiqaradi. Bu gazning ko’piklari pishloqda dumaloq-dumaloq teshikchalar yoki «ko’zchalar» hosil qiladi. Ayrim pishloqlarning tashqi ko’rinishi va ta’mi mog’orlar ta’siri ostida shakllanadi. Masalan, rokfor pishlog’ining ko’k tomirlari, uning ko’kimtir rangi va tanqis ta’mi penisill-rokforti deb ataluvchi mog’or tomonidan belgilanadi. Kulrang-oqish penisill-kamamberti mog’ori Kamamber pishlog’iga uncha yuqori bo’lmagan zichlik va o’ziga xos ta’m baxsh etadi.