Kimlar impressionizm tug’ilishiga zamin hozirlagan edi?
Klod Mone, Per-Ogyust Renuar, Kamil Pisarro, Edgar dega, Pol Sezann shunday bir badiiy oqim tug’ilishiga zamin hozirladilarki, u impressionizm degan nom oladi va hozirgi zamon san’ati tarixida tub burilish yuzaga kelganini ifodalab berdi. Impressionistlar an’anaviy yo’sinda tushuniladigan kompozisiya qonunlaridan voz kechdilar. Ular nimaniki ko’rsalar, o’shani tasvirlaydilar, ular asarlarining kompozisiya tuzilmasi faqat tanlab olingan ko’rish nuqtasiga bog’liq bo’ladi. Impressionist-rassom u ko’z oldida namoyon sahnadan oniy taassurotni matoda aks ettirishga intiladi. Ular qoralama-tayyorgarlik rasmlari chizmasdan, bo’yoqlarni kamroq ishlatib va bo’yoqlarni erkin, yengish chaplash bilan ishlatib kichik o’lchamlarda kartinalar yaratadilar. Mazkur yo’nalish XIX yuzyillikning 70-yillarida to’la-to’kis shakllandi, Mone va Renuar ijodida avj cho’qqisiga yetishdi. 1874 yilda impressionist-rassomlar o’zlarining birinchi mustaqil ko’rgazmasini uyushtirdilar; unda 200 dan ortiq asarlarini ko’rgazmaga ho’ygan 30 nafar musavvir ishtirok etdi. Bu, salonning mutlaq hokimiyatiga va akademik san’atga nisbatan ongli raqobat bo’lib, ustiga-ustak musavvir va tomoshabin o’rtasida yangicha munosabatlar o’rnatilayotganidan bir nishona va dalolat edi. «Impressionizm» atamasi Monening «Taassurot. Kun chiqishi» kartinasining nomidan olingan. Dastlabki ko’rgazma omad keltirmadi. Biroq, 1890 yilga kelib u guruhdagi rassomlarning asarlari juda baland baholarda sotiladigan bo’ldi.