KIMMERIY BURMALANISHI
KIMMERIY BURMALANISHI (Qora dengiz sohillarida yashagan kim- meriy qabilasi nomidan) — mezozoy erasining burmalanish, tog’hosil bo’lish, granitoidli intruziv magmatizm kabi tektonik jarayonlar namoyon bo’lishining asosiy davri. K.b.ning 2 fazasi farqlanadi: trias davri oxiri — yura davri boshlarida sodir bo’lgan erta kimmeriy (qad. kim- meriy) va yura davri oxiri bo’r davri boshlaridagi kechki kimmeriy (yangi kim- meriy) davrlari. Birinchisi Krim, Shim. Dobruj, Tay- Mir, shim. Afg’oniston, Jan.-Sharqiy Osiyo, Patagoniya and tog’lari, shim.- Sharqiy Argentina, Afrikaning chekka Jan.da, ikkinchisi — Verxoyan-Chukotka tabiiy oblasti (Kolima burmalanishi), Shim. Amerikaning G’arbiy Kordilera- si (Nevada burmalanishi), Jan. Ameri- kada (and burmalanishi) hamda Marka- ziy va Jan.-Sharqiy Pomir, Qoraqurum, Markaziy Eron, Kavkaz va b. hududlarda. Kavkazda asosiy K.b. zonasi farq qilinadi va shu asosda bu erda o’ziga xos metallogeniyasiga va rivojlanish xusu- siyatiga ega bo’lgan mustaqil tektog’enez tsikli ajratilgan. Ammo, ko’pchilik tek- tonistlar uni Alp tektogenezi tarki- biga kiritadilar. K.b. Er rivojlanishi tarixida muhim rol o’ynagan.