Kimyoviy reaktivlar, kimyoviy reagentlar

Kimyoviy reaktivlar, kimyoviy reagentlar — kimyoviy reaktsiya- larni amalga oshirish uchun ishlatila- digan moddalar. Turlari: o’ta toza K.r.; kimyoviy toza K.r.; kimyoviy analiz uchun qo’llanadigan toza K.r.; toza K.r., toza- langan K.r., texnik K.r. Tarkibiga ko’ra, K.r., anorganiq, organiq va radioaktiv izotoplar b-n nishonlangan K.r.ga, ishla- tilishiga ko’ra, organiq — analitik re- agentlar, kompleksonlar, fiksanallar, rn — indikatorlar va b.ga bo’linadi. K.r. solingan idish yorlig’i yoki o’ralgan qog’ozga uning tozalik darajasi, ishlati- lishi, qo’shimchalar mikdori va saqlanish shart-sharoiti yozib qo’yiladi. K.r.ning aksariyati zaqarli, tez alangalana- Di, ba’zilari portlaydi. Shu sababli, K.r.ni ishlatishda va saklashda tegishli qoidalarga rioya qilish zarur. Havoda tez buziladigan ayrim preparatlar vodo- rod yoki inert gaz to’ldirilgan germetik ampulalarda, ba’zilari kerosinda (mas, ishqoriy metallar — Na, K) saqlanadi.