Kimyoviy tenglamalar
Kimyoviy tenglamalar – ki- myoviy reaktsiyalarning kimyoviy formu- lalar, belgilar va son koeffisientlari yordamida berilgan qisqacha ifodasi. K.t. tenglik alomatining chap tomoniga reak- tsiya uchun olingan moddalarning formu- lalari, o’ng tomoniga esa reaktsiya nati- jasida hosil bo’lgan mahsulotlarning formulalari yoziladi. Reaktsiya na- tijasida atomlarning umumiy soni o’zgarmaydi, shuning uchun tenglik alo- matining chap va o’ng tomonidagi har bir element atomlarining soni teng bo’lishi shart. K.t. tuzishda moddalarning massasi va massaning saqlanish qonuniga asosla- niladi. Mas, vodorod b-n kisloroddan suv hosil bo’lish reaktsiyasi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: 2N2O+O2= =2N2O. Reaktsiyada 2 mol (4 g) vodorod 1 mol (32 g) kislorod b-n birikib, 2 mol (36 g) suv hosil qiladi. K.t. lab. va ishlab chiqarishda muayyan reaktsiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan har xil hisoblarni o’tkazishga imkon beradi.