KIMYOVIY TOK MANBALARI

KIMYOVIY TOK MANBALARI -kimyoviy reagentlarning oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalari energiyasi hisobiga elektr toki ishlab chikaradi- gan qurilmalar. Dastlabki K.t.m. Volt ustuni, Leklanshe elementi bo’lgan. Uning asosini elektrolit b-n kontakt hosil qiladigan ikki elektrod (biri oksidlagich, ikkinchisi qaytargich) tash- kil qilgan. Elektrodlar orasida po- tentsiallar farqi — elektr yurituvchi kuch (oksidlanish-qaytarilish reaktsi- yasining erkin energiyasiga mos) hosil bo’ladi. K.t.m. elektr kimyoviy tizimla- riga ko’ra, galvaniq elementlar va AK- kumulyatorlarga, ishlatilishi va Energi- yani elektr tarmog’iga uzatilishi bo’yicha birlamchi, ikkilamchi, zahira va elektr kimyoviy generatorlarga bo’linadi. Bir- lamchi K.t.m. ga kimyoviy reagentlar energiyasidan foydalaniladigan gal- Vanik elementlar va batareyalar kiradi. Musbat va manfiy elektrodlar suyuq yoki pastasimon elektrolit shimdiril- gan g’ovak membrana-separator b-n ajra- tiladi va butun foydalanish davomida elektrik jihatdan bog’langan bo’ladi. Ikkilamchi K.t.m.ga akkumulyator va AK- kumulyatorlar batareyasi kiradi. Bunda kimyoviy reagentlar energiyasidan ko’p marta foydalaniladi. Zahira K.t.m. da kimyoviy reagentlar energiyasidan FA- kat bir marta foydalaniladi. Bunday K.t.m.larda, elektrolit saklab qo’yiladi va kerak bo’lganda ishlatiladi. Elektro- lit elektrodlar orasida suyuq holatda (shisha, plastmassa va b. idishlarda) yoki qattiq holatda (elektr o’tkazgich qo’ymay) saqlanadi. Ishlatish oldidan suyuq elek- trolit ampulalarining uchi sindirila- Di, qattiq elektrolit esa qizdirib eri- tiladi. Elektr – kimyovii generatorlar tashqaridan keladigan kimyoviy reagent- lar (gazeimon yoki suyuq) energiyasini o’zgartirishdan qosil bo’ladigan elektr tokini uzoq, vaqt to’xtovsiz generasiya- lash xususiyatiga ega. Ularning yuqori, past, o’rta t-rali, suyuq va gaz reagentli turlari bor. Bunday generatorlar kos- mik ob’ektlarda, elektromobillarda muqim (stasionar) qurilmalar va b.da ishlatiladi.