Kinda
Kinda — Arab qabilasi, Xadramav- tning g’arbida istiqomat qilgan. Mil. 5-a. boshida K. Himyariy podshohlari yordamida Markaziy Arabiston qabilalarini bo’ysundirgan va markazi Yamoma va Bahraynda bo’lib, himyariylar Podshohligiga qaram bo’lgan davlat bar- po etgan. K.ning eng mashhur podshohlari — sulola asoschisi Xujr (425-458) va uning nabirasm al-xo-ris (489-529). Uning davrida K. erlari Vizantiya va Eron chegaralarigacha etgan. K. davlati 529 y. laxmiylardan mag’lubiyatga uchrab o’zaro nizolar natijasida qudrati sin- gan. 6-a. o’rtasida K. davlati Markaziy Arabistondagi mulklaridan mahrum bo’lgan. K.ning Yamoma va Bahrayndagi hukmronligi 7-a.ning 30-y.larigacha saqlangan. K. davlati — Markaziy ara- biston hududida vujudga kelgan ilk dav- lat birlashmasi bo’lib, u Arab xalifali- gining barpo etilishiga zamin tayyorla- gan. Johiliyat davrining mashxur shoiri Imrulqays (6-a.) K.dan chiqqan.