Kindiktepa

Kindiktepa — o’rta asr qishloq xarobasi (mil. 6-12-a.lar). Qashqadaryo viloyatidagi Yakkabog tumanida joylash- gan. Dastlab G. Ya. Dresvyanskaya, so’ngra S. B. Lunina (1980 y.dan) qazishma ish- lari olib borgan. K.ning Jan. qismida mayd. 35×20 m keladigan baland tepalik bor. K. aholisi qad. Bolxonariqdan suv ichgan. K.ning mudofaa devori bo’lmagan. Qazishma ishlari Markaziy tepalik 6-8- a.larda mahalliy zodagonning uy-qasri bo’lganligi va uning atrofida qishloq vujudga kelganligini ko’rsatdi. 9-a.da uy-qasr tashlandiq holga kelgan va Mar- kaziy tepalikda hayot qayta jonlanma- gan. 10-12-a.larda K. yirik qishloqqa aylangan, u mana shu davrdagi bir qancha qishloqlarni (Poxoltepa, katta Javog’atepa, Kichik Javog’a, Bo’stontepa va b.) o’z ta’sir doirasiga kiritgan ki- chik rustoqning markazi bo’lganligi tax- min qilinadi. K.dan tarvuz urug’i topil- ganligi aholining polizchilik b-n ham shug’ullanganligini ko’rsatadi. Turar joy binolari qoldiklgari, ko’plab so- Pol idish parchalari va b. chiqqan.