Kinetik san’at

Kinetik san’at (Yun. Kinetikos -harakatga keltiruvchi) — harakatga keltiruvchi qurilmalar (shuningdek, yorug’lik va tovush) yordamida estetik sa- maraga erishish. K.s. 20-a.ning 20— 30-y. larida paydo bo’lgan. Rossiyada V. E. Tat- Lin, AKShda A. Kolder va b. o’z asarlari- ning ayrim bo’lak va qismlariga harakat, siljish, parchalanish kabi xususiyatlar- ni kiritib, muhit b-n san’at asarining o’zaro munosabatiga yanada ta’sirchanlik baxsh etishga intildilar. 60-y.larda K.s. frantsuz N. Shof- Fer, argentinalik X. Le Park va b. ijodida to’la shakllandi. Ular turli optik-akustik vositalar (mexaniq ku- rilmalarni uzgartirish, ularga tur- li shakl berish, yorug’lantirish, sterio tovushlar chiqarish va h.k.) yordami- da kompozisiya yaratishga, 20-a. ilmiy texnika taraqqiyoti va inqilobini ko’rsatishga harakat qildilar. Bu san’- at O’zbekistonda qisman bezash san’ati (ko’rgazmali targ’ibot) da, reklamalarda o’z ifodasini topdi.