King (King) Martin Lyuter

King (King) Martin Lyuter (1929.15.1, Atlanta sh., Jorjiya shtati — 1968.4.4, Memfis sh., Tennessi shta- ti) — AQShda qora tanli aholining grajdanlik huquqlari uchun kurash rahbarlaridan biri, kuch ishlatmasdan, tinch yo’l b-n kurashish usuli tashab- buskori. Baptistlar ruhoniysi (1954 y.dan). «Xristian rahbarlarining Jan. konferentsiyasi» uyushmasining asos- chisi (1957). Nobel tinchlik mukofoti laureati (1964). Irkchilar tomonidan o’ldirilgan.