Kinochilar uyi
Kinochilar uyi – kino san’a- ti arboblarining ijodiy uyi. Teatr va kino xodimlari uyi bazasida 1966 y. ochilgan. Yangi binosi (me’morlari R. A. Xayrutdinov, V. N. Breusenko; bino- ni bezashda rassom V. Gan, haykaltarosh R. Avakyan katnashgan) 1982 y. Toshkent- da ochilgan kinofestival arafasida ishga tushirilgan. Bosh tomosha zali (900 o’rinli), 230 va 50 o’rinli yana 2 kichik tomosha zali bor. Bino me’morligida quyosh nuridan asraydigan konstruktsiya- lar va milliy me’moriy elementlardan foydalanilgan; bo’lar bino loyihasi va shakli, o’rnida o’z aksini topgan. Bosh zal ellips shaklda, 4 ustunga tayangan, chapdan ma’muriy bino, o’ngdan klub b-n tutash. Loyihalashda tashqi ko’rinishi b-n ichki ko’rinishi o’zaro bog’langan. Umumiy echi- mi binoga mutanosib bo’lgan restoran (zali — 100 o’rinli) hovli orqali bosh tomosha zaliga tutashgan. Bino milliy me’moriy qismlar, kichik me’moriy shakllar va favvoralar b-n jozibalash- tirilgan. Bezagida G’ozg’on marmari, granit, ganch o’ymakorligidan foyda- lanilgan. Intereridagi B. Jalolov ishlagan devoriy rasmlarda o’zbek kino san’ati rivoji aks ettirilgan. K. u. da yangi filmlar ko’rigi, yubileylar, tomo- shabinlar b-n ijodiy uchrashuvlar va b. o’tkazib turiladi. K.u. «O’zbekkino» dav- lat aktsionerlik kompaniyasiga qaraydi.