Kinologiya

Kinologiya (Yun. kyon — it va …logiya) — itlar to’g’risidagi fan. K. itchilikning ilmiy asosini tashkil etadi. K. itlarning evolyusiyasi, zot- lari, anatomiyasi, fiziologiyasi, shu jumladan, oliy nerv sistemasi, xatti- harakatlari, selektsiyasi, ularni urchi- tish, oziqlantirish, saqlash, o’rgatish va ov, krrovul, qidiruv, bojxona, chegara va b. xizmatlarda foydalanish masalala- rini o’rganadi. Fan sifatida 19-a.ning 2-yarmida vujudga kelgan. Ko’pgina Evropa mamlakatlarida va AQShda K. tashkilotlari ish olib bo- radi. O’zbekistonda K. masalalarini ilmiy o’rganish rus ofitserlar ovchilik jamiyatlari va itchilik klublari tashkil etilgan 20-a. boshlariga to’g’ri keladi. 1927 y.da O’zbekiston ov itlari Shaja- ra daftari joriy qilingan. DOSAAF O’zbekiston bo’limi ho’zurida 1937 y.dan K. kengashi faoliyat ko’rsatdi. 1992 y. may oyida O’zbekiston K. federasiyasi tashkil etildi. O’zbekistonda Respu- blika davlat bojxona qo’mitasining milliy K. markazi, Milliy xavfsizlik xizmatining naslchilik pitomnigi va Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkarma- sining naslchilik pitomnigida K. naza- riy masalalari o’rganiladi, itchilikka oid naslchilik ishlari, itlarni amaliy maqsadlarda foydalanishga tayyorlash, yangi it zotlarini etishtirish, ularni sinovdan o’tkazish, shajara va naslchilik daftarlarini yuritish ishlari olib bo- riladi. K. ko’pgina mamlakatlarda Zoo- texniya hamda veterinariya oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining dasturlariga kiritilgan (yana q. Itchilik).