Kirasirlar
Kirasirlar (nemischa Kurassier, fransuzcha cuirassier-ayni ma’nosi sovutdorlar)-og’ir qurollangan otliq qo’shin turi. Kiygan kiyimlari-kirasa tufayli shunday nom olganlar. XVI asrda G’arbiy Yevropaning ko’pgina davlatlarida kam sonli ritsarlardan tashkil topgan otliq qo’shin o’rnini to’ldirish maqsadida tuzila boshlangan. Dastlab Kirasirlarning asosiy quroli ritsarlar qilichi bo’lgan, keyinchalik og’ir shamshir bilan ta’minlangan. Boshlariga dubulg’a kiyganlar, qurollari-uzun to’g’ri qilich, karabin va to’pponcha. Kirasirlar qo’shiniga faqat baland bo’yli (Napoleon davrida 170-180 santimetrli) va baquvvat yigitlar saralab olingan. Ilk Kirasirlar qo’shini Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Maksimian I tomonidan 1484 yilda tuzilgan va dastlab xorvat yollanma askarlaridan tashkil topgan.