KIRIM
KIRIM (buxgalteriyada) — muayyan davr mobaynida ma’lum manbalardan tovarlar, materiallar, pul vositalari tushumi miqdorini tavsiflaydigan umumlashtiruvchi atama. Aksariyat hollarda pul va moddiy boyliklarni hisobga olish amaliyotida qo’llaniladi.