Kirka, Kirxa
Kirka, Kirxa (nemischa Kirche-cherkov)-germanizm, odatda, lyuteranlarning ibodat-marosimlari o’tkaziladigan inshoot ma’nosida qo’llanadi. Kirkalar qurilishida turli me’moriy uslublar (roman, gotika, neogotika, klassitsizm, renessans, barokko, modern) qo’llanilgan. Imoratning an’anaviy 3 ta turi farqlanadi: sobor, cherkov va kapella.