Kirov
Kirov (1781 y.gacha Xlinov, 1934 y.gacha Vyatka) — RFdagi shahar, Kirov viloyati markazi, Vyatka daryosidagi port. T.y. tuguni. Aholisi 499,2 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Mashinasozlik va metall hamda yog’ochga ishlov berish mashi- nalari i.ch. (stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sa- noati va b.), mikrobiologiya, yog’ochsozlik, engil, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoa- ti korxonalari, gugurt f-kasi bor. Kir yuvish mashinalari ishlab chiqariladi. Loydan o’yinchoqlar i.ch. yo’lga qo’yilgan. 3 oliy o’quv yurti, 3 teatr, badiiy, o’lkashunoslik muzeylari, Vyatka badiiy qunarmandchilik muzeyi, A.S.Grin, M.E. Saltikov-Shchedrin muzeylari faoliyat ko’rsatadi. Shahar 1374 y.dan ma’lum. Tarixiy, me’moriy yodgorliklaridan Trifon monastirining Uspenie sobori (17 a.), klassisizm stilidagi turar joy- lar (18-19-a.lar) saqlangan. Sm. Kirov nomi b-n atalgan.