Kirov viloyati
Kirov viloyati – RF dagi vilo- yat. 1934 y. 7 dek.da Kirov o’lkasi nomi b-n tashkil etilib, 1936 y. 5 dek.dan viloyat- ga aylantirilgan. Mayd. 120,8 ming km2. Aholisi 1589,4 ming kishi (2000), aso- san, ruslar; shuningdek, Mari, tatar, ud- murt, komilar ham yashaydi. Shaharliklar 71%. 39 tumanga bo’lingan; 18 shahar, 57 shaharcha bor. Markazi — Kirov sh. K. v.ning er usti past-balandlik bo’lib, shim.dan Jan.ga pasayib bora- Di. Foydali kazilmalari: temir ruda- si, yonuvchi slaneslar, fosforit, torf. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -14°, iyulniki 17°. Yillik yog’in 500 mm. Vegetasiya davri 155-170 kun. Asosiy daryosi — Vyatka. Tuproqlari podzol, chimli podzol, unum- dor chimli-karbonatli, o’tloqi, botqoq va kulrang tuproqlar. Sanoat tarmoqlaridan mashina- sozlik, engil, o’rmon, yog’ochsozlik va tsellyuloza-qog’oz sanoati etakchi o’rinda. Mashinasozlik sanoatida elektrotex- Nika buyumlari va ko’tarish-transport jihozlari ishlab chiqariladi. K. v. yog’och, taxta, standart uylar, mebel, chang’i et- kazib beradigan asosiy r-n. Engil sano- atda mahalliy xom ashyo asosida mo’ynali va teri buyumlari tayyorlanadi. Q. x. sut va go’sht chorvachiligi, g’alla, tolali zig’ir va kartoshka etishtirish- ga ixtisoslashgan. Qoramol, cho’chqa, qo’y, echki, parranda boqiladi. T. y., avtomo- bil yo’llari bor. Vyatka daryosida kema qatnaydi.